19:31 / 29.05.2021
3 525

Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash bo‘lmoqda


O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" Saudiya yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bir nechta Osiyoning top klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.

"Al-Nassr" Jaloliddinni qishda "Paxtakor"dan xarid qilib, 5 oyga BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga ijaraga bergan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar ijara muddati yakunlangach, Masharipovni ortga qaytarmoqchi. Shu bilan birga, legionerimiz transferini "Shabab Al-Ahli" ham sotib olishga tayyor. Qolaversa, futbolchiga BAAning yana bir nechta jamoalaridan taklif bor. Jumladan, "Sharja", "Al-Ayn" va "Al-Jazira" klublari yarim himoyachini xarid qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi BAA chempionatida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash bo‘lmoqda