00:53 / 31.05.2021
2 419

O‘zbekiston Tailandni yirik hisobda taslim qildi. O‘yin yopiq tarzda o‘tdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda Tailand vakillariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv yopiq tarzda kechadi. Dubay shahridagi "The Sevens" stadioni mezbonlik qiladigan bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 20.00 da start oladi.

Mazkur uchrashuvda Milliy jamoamiz a’zolari uchinchi komplekt forma hisoblanmish yangi dizayndagi yashil rangli liboslarda to‘p surishadi", - deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.

Uchrashuvning 60-daqiqasida tailandliklar hisobni ochishdi. "Darvozamiz tomon yo‘llangan zarba rekoshet holatda golga aylandi", - deb yozdi O‘FA matbuot xizmati.

65-daqiqada standart vaziyatdan keyin Husniddin Aliqulov jarima maydoni ichidan zarba berib gol urdi - 1:1.
70-daqiqada Odil Ahmedov birga bir vaziyatda raqib darvozasini ishg‘ol qildi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1.

73-daqiqada To‘xtaxo‘jayev - Ahmedov - Ikromov ijrosidagi kombinatsiyasidan keyin Temurxo‘ja Abduxoliqov gol urdi - 3:1. 
90-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov dublga erishdi - 4:1.

O‘zbekiston - Tailand 4:1
Gollarimiz:
Husniddin Aliqulov 65, Odil Ahmedov 70, Temurxo‘ja Abduxoliqov 73, 90.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Tailandni yirik hisobda taslim qildi. O‘yin yopiq tarzda o‘tdi