13:27 / 31.05.2021
2 237

Abramov: "O‘ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada"


Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidagi yirik g‘alaba (4:1)dan keyin O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov va hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z fikrlarini bildirishdi.
“Xulosalarni o‘zaro davrada chiqaramiz. Ma’qul kelayotgan va kelmayotgan jihatlar bor. Shu ustida ishlayapmiz, o‘yin o‘tkazdik. Raqib munosib harakat qildi. Umumiy olganda hozircha yaxshi, issiq havoga ko‘nikmoqdamiz. Yana bir bor qaytaraman, ishlash kerak bo‘lgan holatlar mavjud.

Qatorasiga ikkinchi o‘yinda hisobda ortda borib, vaziyatni o‘nglay olayotganimiz xursand qiladi. Ammo yana gol o‘tkazib yuborayotganimiz xafa qiladi, bu mavjud muammo. Umuman olganda, yomon o‘ynamadik, tayyorgarlik ko‘rib oldik.

O‘ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada. Bungacha Tailandning shu yerdagi o‘yinlarini kuzatdik. Ma’lum xulosalar chiqardik. Biroq, bunga jiddiy e’tibor qaratish kerak emas. Chunki, rasmiy o‘yinlarda barchasi boshqacha bo‘ladi”, deydi Abramov.

Abduxoliqov:
- Asosiy bahslardan oldin oxirgi o‘yinimiz edi. Shu ruxda davom etishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, xatolarimiz ko‘p, baribir xatosiz bo‘lmaydi. Ular ustida ishlaymiz va xatolarni qaytarmaslikka harakat qilamiz. Maqsadimiz – har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Xalqimizning duosi, qo‘llab-quvvatlashi bilan InshAlloh yorug‘ yuz bilan qaytib boramiz deb o‘ylayman. Endi bir xil yuqori tempda o‘ynash qiyinroq menimcha, to‘pni yo‘qotmagan holda aqlliroq o‘ynashimiz kerak. Qancha kuchimizni saqlab, behudaga sarflamasak, o‘shandagina ijobiy natijaga erishamiz.
[media=https://youtu.be/68YUNj9kGEc]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: "O‘ylashimcha, Singapur TJ bugungi raqibimiz bilan bir darajada"