22:30 / 02.06.2021
2 857

Konte London klubi bilan kelishuvga erishdi


"Inter"ning sobiq ustozi Antonio Konte "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis va London klubi o‘rtasida kechgan muzokaralar ancha ijobiy yakunlangan.

Konte rahbariyat bilan “Tottenxem” loyihasi, kelajakdagi transferlar, shartnoma muddati va oylik maosh masalalarini muhokama qilgan.
Bundan tashqari, "Yuventus"ning sobiq sport direktori Fabio Paratichi ham “Tottenxem”da aynan sport direktori lavozimida ish boshlashga yaqin turibdi.

“Tottenxem” yakunlangan mavsum premer-ligada 62 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi. “Shporlar” yangi mavsumda UYEFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.

Konte uchun London begona shahar emas. U 2016-2018 yillarda ushbu shaharning yana bir jamoasi - "Chelsi"ni boshqargan va Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konte London klubi bilan kelishuvga erishdi