22:58 / 02.06.2021
2 181

"Real"ga qaytgan Anchelotti: Muxlislar nima xohlashini bilaman


Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi lavozimiga qaytganidan so‘ng ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu yerga kelganimdan juda xursandman, bu yerni o‘z uyim deb his qilaman. O‘tmishda qilgan ishlarimizni takrorlash uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

"Real"dagi faoliyatim haqida juda yaxshi xotiralar qolgan. O‘ylaymanki, o‘sha paytdagi ijobiy narsalarni yana takrorlashimiz mumkin.
"Real"ga murabbiylik qilish nimani anglatishini tushunaman, buni katta zavq va quvonch bilan qilaman. Men bor kuchimni berib ishlashga harakat qilaman.

"Real"ga murabbiylik qilish ajoyib, chunki bu dunyoning eng yaxshi klubi. Bu yerda mas’uliyat boshqa klublarga qaraganda yuqori bo‘lishi odatiy holdir. Men buni qabul qilaman.

Tomoshabop va shiddatli futbol "Real" uchun an’anaga aylangan. So‘nggi yillarda futbol o‘zgarib, nisbatan tajovuzkorroq va jamoaviyroq bo‘lib qoldi. Ammo "Real"da hammasi avvalgidek: hujumkor va tomoshabop futbol ushbu klub tarixida bor, muxlislar aynan shuni xohlaydi”, - dedi italiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real"ga qaytgan Anchelotti: Muxlislar nima xohlashini bilaman