23:53 / 03.06.2021
2 672

“Barsa” Agueroga “arzimagan” pul to‘laydi!


“Manchester Siti”dan ketib, erkin agent sifatida “Barselona” safiga qo‘shilgan Serxio Aguero shartnomasining moliyaviy tomonlari oshkor bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar argentinalik yulduzga yiliga soliqlarni qo‘shib hisoblaganda olti million yevro maosh to‘laydi. Serxio do‘sti Messi bilan birga o‘ynash uchun maoshining to‘rt baravar pasayishiga rozi bo‘ldi.

“Manchester Siti” eng zo‘r to‘purariga 23 million yevro to‘lardi. Messining o‘zi agar yangi bitimga imzo cheksa, yiliga 60 million yevro maoshga ega bo‘ladi.

Aguero Argentina terma jamoasida ham Messi bilan birga o‘ynaydi. Aslida kataloniyaliklar Messini olib qolish uchun ham uni olib kelgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa” Agueroga “arzimagan” pul to‘laydi!