07:30 / 04.06.2021
1 624

Kuman "Barselona"da qoladi!


Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Ronald Kuman yangi mavsumda ham "Barselona"da ishlashda davom etadi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, gollandiyalik mutaxassisning agenti mijozining “Kamp Nou”da qolishiga to‘liq ishonmoqda. Boisi ularning klub rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan.

Ta’kidlash kerakki, Kumanni shaxsan "Barselona" prezidenti Joan Laporta iste’foga chiqarishni xohlamagan.

Ronald Kuman “Barselona”da 2020 yilning yozidan buyon faoliyat yuritmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum La Ligani 3-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasida 1/8 finalda to‘xtadi. Ammo kataloniyaliklar Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuman "Barselona"da qoladi!