11:00 / 04.06.2021
11 986

Shomurodovga munosabat birdan o‘zgardi!


Italiyada mavsum yakunlari muhokamasi davom etmoqda. “Jenoa” muxlislari may oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida Eldor Shomurodovni tan oldi. O‘zbek legioneri A Seriyaning oxirgi oyida beshta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eldorning gollari genuyaliklarga kelasi mavsum oldidan katta ishonch berdi. May oyida hamyurtimiz “Latsio” va “Kalyari” darvozasiga bittadan, “Atalanta”ga esa ikkita to‘p kiritdi. Umumiy hisobda debyut mavsumida raqiblar darvozabonlari sakkiz marotaba dog‘da qoldirganini yaxshi bilasiz.

E’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining Shomurodovning may oyining eg yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilishiga bildirgan munosabatlarini havola qilamiz.

Alessandro Sette: Shomurodov, shubhasiz, “Jenoa”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi. Mattia Destro yanvar oyida qanchalar zo‘r o‘ynagan bo‘lsa, Shomurodov chempionat yakunida xuddi shunday o‘zini ko‘rsata oldi. Eng muhimi, Eldor yuqori darajasini kelasi yil ham namoyish etishi kerak bo‘ladi.

Danilo Iacopozzi (Alessandro Sette fikriga javoban): Afsuski, Destrodan farqli ravishda o‘zbek hujumchisiga A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi, unvonini berishmaydi.

Stefano Badino: Shomurodov bir oy ichida o‘ziga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Boshida bu hujumchi uchun katta summa to‘lash xato edi, deb o‘ylagandim. Uning dastlabki uchrashuvlardagi harakatlari bu fikrimni mustahkamlagan edi. Endi esa biz Rossiya chempionatidan “yangi Pyontek”, balki “yangi Milito”ni topiganimizga ishonchim komil.

Luca Salvio: “El Uzbeko” may oyida zo‘r o‘ynadi. Lekin men uchun Rovella eng yaxshi. Bu bola 19 yoshida A Seriya darajasida qo‘rqmay o‘ynayapti. Shomurodov esa chempionatning yakunida oltita uchrashuvda beshta gol urib, haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. O‘ylashimcha, mana shu ikki futbolchi kelasi mavsumda jamoamiz yetakchilariga aylanadi.

Giovanna Squarzina: Eldorga gap yo‘q. Lekin natijalar nuqtai nazaridan may oyi omadsiz kelganini aytishim mumkin. Beshta o‘yindan uchtasida mag‘lub bo‘ldik. Qiyin pallada eng yaxshi futbolchi bo‘lish oson emas.

Luca Merlo: Agar Shomurodov butun mavsum davomida mayda o‘ynaganidek harakat qilganida biz Skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lardik.

Stefania Mariscotti: Eldor may oyida to‘rtta gol urish bilan cheklangani yo‘q, u har bir uchrashuvda maydonda mardonavor kurashdi. Bu juda muhim xususiyat.  Eldordan boshqa gol uradigan futbolchimiz bormi? Destro bo‘lishi mumkin. Lekin  o‘zbek darajasida kurasha oladigan jangchi yo‘q hisobi!

Silvia Federici: Eng asosiy vazifa – Shomurodovni ushlab qolish. Agar hozir transfer qilsak o‘zimiz istaganimizdek katta summa ololmaymiz. Kelasi mavsumda Shomurodov 15-20 ta gol ursa, ana unda uning narxini ko‘ring...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovga munosabat birdan o‘zgardi!