11:34 / 04.06.2021
4 213

Xayr, Ronaldu!


“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri kelganidan keyin jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy avvalgidek, shogirdlari orasida portugaliyalik yulduzning bo‘lishini xohlamaydi.

Ayni paytda Ronalduga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Chunki parijliklar katta ehtimol bilan Kilian Mbappeni yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Shu bois, PSJ mutasaddilari Turin klubi vakillari bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” xo‘jayinlari Krishtianu Ronalduni 25-30 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor. Portugaliyalik hujumchining turinliklar bilan shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan. Agar transfer amalga oshsa, “Yuventus” 30 million yevro miqdoridagi maosh pulini ham tejab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayr, Ronaldu!