22:00 / 04.06.2021
3 075

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni Yamanni hurmat qilishga chaqirdi


Ertaga JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bellashuv biz uchun ahamiyatga ega, negaki har ikki jamoa O‘zbekiston joy olgan guruhda bahs olib bormoqda. Bugun tashkil etilgan o‘yindan oldingi matbuot anjumanida saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Yamanga qarshi kechgan birinchi o‘yin hamon yodimda. Bahraynda o‘tkazilgan uchrashuvda biz 2:2 hisobini qayd etgandik. Aytishim kerakki, o‘shanda futbolchilarimizda raqibni mensimaslik holati kuzatilgandi. Lekin o‘ylaymanki, bu safar unday bo‘lmaydi. Yana shuni aytishim mumkin, o‘sha o‘yinda men Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilarini yaxshi bilmasdim.

O‘tgan vaqt mobaynida bir nechta mashg‘ulot va o‘yinlarni o‘tkazdik, futbolchilarni yaqindan taniy boshladim. Hozirgi paytga kelib guruhda 11 ochko bilan peshqadamlik qilyapmiz. Agar Yaman termasini mag‘lub etsak, eng yaqin ta’qibchimiz O‘zbekistondan besh ochkoga ilgarilab ketamiz. Buni jamoadagi hamma juda yaxshi his qilib turibdi
", - deydi fransiyalik murabbiy.

Erve Renar futbol olamida taniqli mutaxassislardan biri hisoblanadi. U 2018 yilgi jahon chempionatida Marokash terma jamoasini boshqargan. Shu yilning mart oyida o‘tkazilgan JCH saralash bahsida Saudiya Arabistoni uning qo‘l ostida Falastinni 5:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdagi ahvolini ancha yaxshilab oldi.

"Saudiya Arabistonidan taklif tushganida faqat bir narsa o‘yladim: jahon chempionatiga chiqishni. O‘tgan vaqt davomida o‘sishga erishdik deb ayta olaman, lekin manzilgacha hali yo‘l uzoq. Biz Qatarda o‘tkaziladigan mundialga borish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. Chunki Qatar bizga yaqin davlat va u yerga juda ko‘p saudiyalik muxlislar borishini tasavvur qilyapman", - deydi Erve Renar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni Yamanni hurmat qilishga chaqirdi