15:03 / 08.06.2021
1 210

Aliqulov va Erkinovning jarohati qanchalik jiddiy?

Aliqulov va Erkinovning jarohati qanchalik jiddiy?

O‘zbekiston terma jamoasining ikki futbolchisi Husniddin Aliqulov va Hojimat Erkinov Singapurga qarshi o‘yinda jarohat olganligi haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz shifokori Abror Pirriyev "Telegram"dagi kanali orqali futbolchilarning holati haqida ma’lum qildi.

"Tungi tibbiy sarhisob:
Raqib shiddatli qarshilik ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, iqlimning issiq, nam va changligi bois futbolchilar qiynalishdi. Maydonga sepilgan suv issiqda birpasda qurib, chimda to‘p yurishi qiyinlashdi, ustiga ustak jarohatlarni ko‘paytirdi. Aynan maydon o‘tining quruqligi; to‘p yurmay, oyoq sirpanmay taqalib qolaverishi Erkinov Hojimatning biroz xavotirli jarohatiga sabab bo‘ldi.

Maydondan chiqib ketgan bo‘lsa-da Husniddin Aliqulov jarohati jiddiy emas. Hojimat Erkinov masalasida esa ertaga qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilgach barchasiga oydinlik kiritiladi", - deya yozib qoldirdi Pirriyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Aliqulov va Erkinovning jarohati qanchalik jiddiy?