21:06 / 08.06.2021
2 309

Singapur murabbiyi: Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishni istaymiz


O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashida Singapur bilan kuch sinashdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida singapurliklar bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganimizga qaramay, futbolchilarning harakatlaridan mamnunman. Holatimiz avvalgi uchrashuvdan yaxshiroq edi.

Raqib bundan ko‘prog‘ini qila olishi mumkinligini isbotladi. Bizga nimalar yetishmaganini o‘rganishimiz lozim. Mazkur bellashuvda murabbiy sifatida tajribam yetishmadi. Bu o‘yindan chiqarishimiz kerak bo‘lgan xulosalarimiz ko‘p. Mag‘lubiyatni tezroq unutgan holda keyingi turga e’tibor qaratishimiz darkor.

Keyingi bahs Saudiya Arabistoniga qarshi. Futbolchilar ungacha dam olishlari lozim. Mezbonlar bilan bellashuvda ijobiy natija qayd etishni istaymiz. Chunki bu biz uchun oxirgi o‘yin bo‘ladi, - dedi Singapur murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapur murabbiyi: Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishni istaymiz