23:53 / 09.06.2021
2 131

Murod Rizayev: Yaman bilan o‘yinda Vadim Abramovdan Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini so‘raymiz

Murod Rizayev: Yaman bilan o‘yinda Vadim Abramovdan Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini so‘raymiz

Ayni paytda Saudiya Arabistonida jahon chempionati 2-saralash bosqichi davom etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiyadagi markazlashgan musobaqada Singapur bilan o‘yin o‘tkazdi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Endi hamyurtlarimizning keyingi o‘yini Yamanga qarshi bo‘ladi.

"Sport" telekanali sharhlovchisi Murod Rizayev bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi va bosh jamoamiz ustozi Vadim Abramovga Jaloliddin Masharipovni shu kuni maydonga tushirmasligini so‘radi.

- Vadim Abramovdan juda ham iltimos qilib so‘raymiz, shu kuni Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini. Masharipovda sariq kartochka bor. Saudiya Arabistoni hakamlarga "zakaz" qilib, unga sariq ko‘rsatib qo‘yishi mumkin, har qanday harakati uchun. Keyin oxirgi turni o‘tkazib yuboradi. Saudiyaning eng qo‘rqayotgan futbolchisi bu - Masharipov. Shuning uchun juda ko‘plab jurnalistlar va futbol jamoatchiligi Vadim Abramovdan so‘rab qolamiz ushbu bellashuvda Jaloliddinni maydonga tushurmaslikni. Uning o‘rniga Oleg Zoteyevni qo‘ysin. Chap qanot himoyasiga Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qiladi.

Ikkinchi iltimosimiz, Doston Hamdamov o‘rniga Farruh Ikromovga imkoniyat bersin. Bu bola Yamanning har qanday futbolchisidan o‘tib ketadi. O‘zini ko‘rsatadi.

Avvalo, Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratishimizga ishonaman. O‘ylaymanki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-o‘rinni olib bo‘lsa ham keyingi bosqichga chiqadi. Chunki Turkmaniston Livanni yutib berdi. Bu bizning foydamizga ishlaydi. Hamyurtlarimiz 2-pog‘onani egallasa 5-jamoa bo‘lib ham 3-saralashga yo‘l oladi. Bu borada terma jamoamizga omad, - dedi Murod Rizayev.

Bekzod Isayev


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Murod Rizayev: Yaman bilan o‘yinda Vadim Abramovdan Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini so‘raymiz