16:14 / 10.06.2021
2 370

Ilxom Xanjariyev: O‘zbekiston terma jamoasi chempionlik uchun kurashishga tayyor


Ertaga O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan CAFA U-20 Women’s Championship 2021 xalqaro turniridagi o‘z ishtirokini boshlaydi.

Bugun Dushanbedagi “Respublika markaziy stadioni” anjumanlar zalida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ilxom Xanjariyev va jamoa sardori Tojiniso Rashidova ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
– Avvalambor, Tojikistonda bunday musobaqani tashkil qilinayotgani uchun Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Toshkent va Dushanbe birodar shaharlar hisoblanadi va shu sababli ham, barchamizga shahar juda yoqdi.

Jamoaning tayyorgarligiga kelsak, bu yerga kelishdan avval Toshkentda bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdik. Bundan tashqari, mart oyida ham yig‘in tashkil etilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston ayollar chempionati qizg‘in pallada. Birinchi davra yakunlandi va barcha qizlar mazkur musobaqada o‘z klubi safida optimal formada to‘p tepmoqda.

Dushanbega parvoz bilan bog‘liq muammolar bo‘lmadi, biz tezda uchib keldik. Tojikiston futbol federatsiyasi bizni iliq kutib oldi, umuman olganda, hammasi yaxshi.

Biz bu yerga shunchaki tarkibni shakllantirib olish yoki Osiyo Kubogining saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun emas, balki o‘z oldimizga qo‘ygan vazifamiz - g‘alaba qozonish uchun keldik.

Eron terma jamoasi bizning asosiy raqibimiz emas, bu turnirdagi barcha jamoalar biz uchun jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi. Pandemiya hammaga ta’sir qildi. Ammo o‘tgan yili mahalliy chempionatni o‘tkazdik. Bu yil pandemiya bizga ham ta’sir qildi, lekin 2020 yildagidek darajada emas va jamoa optimal formada hozir, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilxom Xanjariyev: O‘zbekiston terma jamoasi chempionlik uchun kurashishga tayyor