20:50 / 10.06.2021
3 334

Vadim Abramov Yamanga qarshi o‘yin oldidan tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqida gapirdi


Ertaga o‘tkaziladigan Yaman - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Yirik hisobdagi g‘alabadan keyin ham biz uchun hech narsa o‘zgarmadi. Vazifamiz o‘sha-o‘sha. Keyingi bosqichga chiqishni istasak, oldindagi ikkita uchrashuvda 6 ochkoni qo‘lga kiritishimiz lozim. Ko‘ramiz, bu o‘yin.

Yamanni hurmat qilamiz. Ular ham bu yerda o‘z uyidagidek his qilishadi. Yamanlik muxlislar ko‘p. Biz hozir faqat Yaman haqida o‘ylayapmiz.
Masharipovdan yaxshi futbol kutaman. U ajoyib futbolchi va liderlardan biri. Shu yerda ham o‘zini ko‘rsatishi kerak.

Har qanday jamoa raqibi imkon berganchalik o‘ynaydi. Bizga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga imkon berilsa, yaxshi bo‘ladi. Jarohatlarimiz bor. Shu sabab ertaga ba’zi o‘zgarishlar qilsak kerak, - dedi Vadim Abramov.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. Yaman ayni payt turnir jadvalida 6 turda 5 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Hamyurtlarimiz esa 6 o‘yinda 12 ochkoni qo‘lga kiritib, ikkinchi pog‘onani band etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Yamanga qarshi o‘yin oldidan tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqida gapirdi