“Barselona” rahbariyati tarkibni tozalash maqsadida asosiy tarkibning jami 12 nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘lyapti.
Kataloniyaliklarning bunday qarorga kelishiga klubning tashqi qarzi bir milliard yevrodan o‘tib ketgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, birinchilardan bo‘lib, Miralem Pyanich, Filippe Koutino va Samuel Umtiti o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, kelasi mavsumga qolmaydiganlar ro‘yxatiga Xunior Firpo, Martin Breytueyt va Mateus Fernandesh ham kiritilgan. Neto o‘z ixtiyoriga ko‘ra klubni tark etadi.
Bundan tashqari, Usmon Dembele, Serdjino Dest, Jerar Pike, Riki Puch, Fransishku Trinkau va Emerson Aparesido ham joyi chiqsa, sotib yuboriladi.
Kuman faqatgina Lionel Messi, Ronald Arauxo, Ansu Fati, Frenki de Yong va Pedrining qolishini kafolatlagan xolos. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi