22:18 / 11.06.2021
1 886

Yaman - O‘zbekiston o‘yini oldidan Dragan Cheran qanday fikr bildirdi?

Yaman - O‘zbekiston o‘yini oldidan Dragan Cheran qanday fikr bildirdi?

Bugun bo‘lib o‘tadigan Yaman hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni muxlislarimiz intiqlik bilan kutishyapti. Chunki maydonda bosh jamoamiz o‘ynar ekan, bu hech kimni befarq qoldirmaydi.

Jumladan, “Paxtakor” klubi hujumchisi Dragan Cheran ham milliy terma jamoamizning o‘yinlarini kuzatib bormoqda. U Yamanga qarshi uchrashuv oldidan sports.uzga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi uchrashuvdan faqat g‘alabani kutyapman. O‘zbekistonning uch ochkoni qo‘lga kiritishiga shubha qilmayman.
O‘zbekiston nechta gol uradi? Bitta gol ham yetadi, muhimi yutish kerak.

Yaman kuchsizmi? Ehtimol, ammo biznikilar ulardan ancha yaxshiroq. O‘zbekiston terma jamoasidagi barcha futbolchilar yaxshi sport formasida. Ularning hammasi zo‘r, - dedi Cheran.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Yaman - O‘zbekiston o‘yini oldidan Dragan Cheran qanday fikr bildirdi?