01:05 / 12.06.2021
2 028

O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Jahon Chempionati saralash bosqichi 7-turidan o‘rin olgan Yaman – O‘zbekiston uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning 19-daqiqasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng hakam raqib darvozasi tomon penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Jaloliddin Masharipov zarbada adashmadi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda hakam yana bir bor Yaman darvozasi tomon 11 metrlik nuqta belgiladi. Bu safar Odil Ahmedovning zarbasini raqib posboni qaytardi.

Shu tariqa, Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" ochkolari sonini 15 taga yetkazib oldi. Parallel o‘yinda Singapurni yenggan Saudiya 17 ochko to‘plab peshqadamlikni mustahkamladi.

YAMAN - O‘ZBЕKISTON 0:1
Gol:
penalti Jaloliddin Masharipov 19'
Gol urilmagan penalti: Odil Ahmedov 82'

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (6.Abror Ismoilov, 62), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 90), 15.Umarbek Eshmurodov (5.Rustamjon Ashurmatov, 46), 19.Sanjar Qodirqulov (18.Vagiz Galiulin, 75), 23.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (13.Oleg Zoteyev, 90).
Zaxira: 1.Abduvohid Ne’matov, 16.Valijon Rahimov, 4.Farruh Ikromov, 11.Temurxo‘ja Abduholiqov, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov.

Yaman: 22.Muhammad Xayralah, 4.Mudir Al Radayei, 5.Alaa Aldin Mahdi, 6.Jihod Ahmad, 8.Jalol Al Jalol, 10.Muhsin Muhammad Hasan (18.Ali Abdulloh Hafiz, 90+2), 13.Ahmed Abdulvohid, 16.Nossir Al Gaxvashi, 17.Mufid Jamol (9.Umar Al Dahi, 72), 19.Muhammad Ali Boqshan, 20.Emad Mansur Tavfiq (12.Ahmed Maher, 70).
Zaxira: 1.Muhammad Al Ayash, 23.Salim Al Xarsh, 2.Salim Matran, 3.Abdulmuain Al Jarshi, 7.Ahmed Al Sarori, 11.Muhammad Abdulloh Al Dahi, 14.Manaf Saad, 15.Mazin Hasan Abdo, 21.Muhammad Al Vajih.
Ogohlantirish: 13.Ahmed Abdulvohid (18), 8.Ikrom Aliboyev (45+2), 19.Muhammad Ali Boqshan (64), 14.Eldor Shomurodov (77), 10.Muhsin Muhammad Hasan (79).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi