09:17 / 12.06.2021
2 348

O‘zbekiston MTJ joylashgan guruhda vaziyat qanday?


Jahon chempionati "D" guruhida saralash bahslari o‘tkazildi. Markazlashgan holda tashkil etilan bellashuvda mebozlar Singapur bilan kuch sinashdi. Saudiyaliklar oxirgi o‘n daqiqalikda 3 bor darvozani ishg‘ol etib, muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa avvalgi uchrashuvdagi gollar shousidan so‘ng bu gal ehtiyotkorlikka asoslanib harakat qildi. Natijada Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan yagona gol vakillarimizga qimmatli g‘alabani taqdim etdi.

O‘z navbatida Odil Ahmedov ikkinchi taym oxirlarida penaltidan foydalana olmadi. Aks holda uchrashuvning so‘nggi qismi biz uchun tahlikali o‘tmasdi.

O‘yinlardan so‘ng Saudiya Arabistoni peshqadamlikni saqlab qoldi. Abramov shogirdlari ham ularni quvishda davom etmoqda. Guruhdagi barcha masala oxirgi turda hal etiladi.   

Quyida guruhimizda ayni payt yuzaga kelgan holat bilan tanishishingiz mumkin:

Hamyurtlarimiz 15 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi saf tortadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ joylashgan guruhda vaziyat qanday?