15:30 / 13.06.2021
2 215

JCH saralashi. Livanni mag‘lub etgan Janubiy Koreya O‘zbekistonga yordamlashib yubordi


Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. "H" guruhida ishtirok etayotgan Janubiy Koreyaning Livanga qarshi o‘yini yakunlandi. Hisob "osiyo yo‘lbarslari"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Xasan Ali Saad tezkor goli bilan livanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uning bu aniq zarbasida mazbon Min-Gyu Song hamda Son Xyon Min tomonidan kiritilgan gollar evaziga ikki bor javob qaytarishni uddaladi.

Janubiy Koreya - Livan 2:1
Gollar:
Song Min Kyu (50), Son Xen Min (65-pen) - Soni Saad (12).

Shu tariqa, ochkolari sonini 16 taga yetkao‘ib olgan Son jamoadoshlari peshqadamlikni mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi Livan hisobida 10 ochko mavjud. Shu orqali, H guruhidagi yakuniy holat shunday ko‘rinish oldi.

Agar Saudiya Arabistoni bilan kamida durang o‘ynasak har qanday holatda Livandan yuqorida bo‘lamiz. Chunki Livanda 10 ochko bor va to‘plar nisbati +3, O‘zbekiston durang o‘ynasa 10 ochko bo‘ladi va to‘plar nisbati +6 bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH saralashi. Livanni mag‘lub etgan Janubiy Koreya O‘zbekistonga yordamlashib yubordi