18:07 / 14.06.2021
3 181

Saudiya Arabistoni murabbiyi: Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish


Ertaga Osiyo qit’asida jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabiston - O‘zbekiston o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs bo‘lib o‘tadi. Jamoalar orasida ayni payt 2 ochko farq bor. G‘alaba qozongan tomoan guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.
- Singapur bilan o‘yin ko‘rsatdi, bizning guruh juda kuchli. Endi oldinda eng muhim o‘yinimiz kutib turibdi. O‘zbekistonni juda hurmat qilamiz. Bu kuchli jamoa. Ayniqsa, Toshkentdagi uchrashuv juda raqobatli kechgandi.

Ikkala jamoa keyingi bosqichga loyiq. Biroq futbolda har xil holatlar bo‘ladi. Bizning maqsad birinchi o‘rinni olish.

Al Dovsari bizning asosiy o‘yinchilardan biri edi. Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish. Biroq futbol jamoaviy sport va murabbiyning vazifasi ana shunday vaziyatlarda muammoni bartaraf etish, o‘yinga salbiy ta’sirini kamaytirish, - dedi Evre Renar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni murabbiyi: Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish