18:42 / 14.06.2021
2 192

Vadim Abramov: Toshkentdagi o‘yinni eslashni xohlamasdim


Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan bosh murabbiyimiz Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Hamma tushunib turibdi, ertaga juda muhim uchrashuv bo‘ladi. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Jarohatlar yo‘q. Qum bo‘roni sabab kecha maydonda mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Lekin, bilishimcha raqiblarimiz ham maydonga chiqa olmadi. Shuning uchun bu muammo ikkimizga ham tegishli.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida faqat ijobiy fikr bildira olaman. Ulardan ehtiyot bo‘lish normal holat. Lekin, Toshkentdagi o‘yinni eslashni xohlamasdim. Chunki o‘shandagi natija o‘yinga mos bo‘lmagan. Ertangi uchrashuv qaysi terma jamoa katta ekanligini ko‘rsatadi.

Dastlabki ikki o‘yindagi stadionimizda chim o‘ziga hos edi, teparoq edi. To‘p harakati sekinlashdi. Bugun mana yangi stadionni ko‘ramiz. Saudiyaning o‘yin videolarini ko‘rib chiqqanimda amin bo‘ldimki, bu yerda chim holati qulay. Bu bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa kerak", - dedi bosh murabbiyimiz Vadim Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: Toshkentdagi o‘yinni eslashni xohlamasdim