00:34 / 15.06.2021
4 824

Saudiya Arabistoni nashri Jaloliddin Masharipov haqida yozdi


Ertaga Osiyo qit’asida jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichining oxirgi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi bahs.

Hamyurtlarimiz markazlashgan musobaqaga mezbonlik qilayotgan Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

Saudiya Arabistonining "Goal" nashri bellashuv oldidan Jaloliddin Masharipov o‘z klubi stadioniga kelayotganiga e’tibor qaratdi.

- "An Nassr"ning ijaradan qaytgan futbolchisi Jaloliddin Masharipov ertaga "Marsol Park" stadionida paydo bo‘ladi.
Masharipov o‘z klubi stadionida muhim uchrashuvni o‘tkazadi, ammo mamlakati - O‘zbekiston milliy terma jamoasi formasida yashil rangdagi saudiyaliklarga qarshi.
Masharipov kelasi mavsumda "An Nassr"ning hujumlariga katta hissa qo‘shadi, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni nashri Jaloliddin Masharipov haqida yozdi