15:55 / 15.06.2021
2 209

Shik Yevropa chempionatlari tarixidagi eng uzoq masofadan kiritilgan gol muallifiga aylandi (video)


Leverkuzenning "Bayer" klubi hamda Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shik Yevropa chempionati guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga (2:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Shik o‘zining o‘yindagi ikkinchi golini deyarli maydon markazidan kiritdi. Aniqrog‘i, to‘p 44,45 metr uzoqlikdan raqib darvozasiga kirdi.

E’tiborlisi, Patrik shu tariqa qit’a chempionati tarixidagi eng uzoq masofadan kiritilgan gol muallifiga aylandi. Bundan avvalgi rekord 1980 yilgi Yevropa chempionatida qayd etilgan.

Chexiya terma jamoasi “Yevro-2020” doirasidagi navbatdagi bahsni 18 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shik Yevropa chempionatlari tarixidagi eng uzoq masofadan kiritilgan gol muallifiga aylandi (video)