12:00 / 23.06.2021
2 035

Luis Enrike: "Ishdan ketish? Hazillashyapsizmi?"


Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevro-2020'dan keyin jamoadan ketishi haqidagi savolga javob berdi.
"Ishdan ketish? Hazillashyapsizmi? Men shartnomani uzaytirish haqida o‘ylayapman. Slovakiyaga qarshi o‘yinda 24 futbolchining har biri bizga g‘alaba keltira oladi. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin.

Biz juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Albatta, mag‘lubiyat kuzatilish ehtimoli yo‘q emas, biroq umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi", – dedi Enrike.

Ispaniya 23 iyun kuni Sevilyada Slovakiyaga qarshi o‘ynaydi.  Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: "Ishdan ketish? Hazillashyapsizmi?"