22:12 / 23.06.2021
3 302

Igor Shkvirin "Turon" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi


Superliga debyutanti –  “Turon”  klubida navbatdagi bosh murabbiy o‘zgarishi yuz berdi. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, bir necha daqiqa oldin bugun klubda yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Igor Anatolevich Shkvirin “Turon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Bunga qadar ushbu mutaxassis AGMK klubida seleksioner murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Endi bor e’tiborini “Turon” klubiga qaratadi.

Bilasiz, avvaliga Islom Ismoilov bosh murabbiy sifatida ishladi va 8-turdan keyin iste’foga chiqdi. So‘ngra, uning o‘rnini polshalik Boguslav Baniak vaqtincha egalladi. Lekin jamoa mag‘lubiyatlar girdobidan chiqib keta olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Baniak klubda yana oldingidek tahlilchi murabbiy sifatida ishini davom ettiradi.

“Turon” ortda qolgan 10 ta uchrashuvda 3 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etib oxirgi o‘rinda boryapti.
Ertaga “Turon” klubi Superliganing 11-tur doirasida o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin "Turon" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi