Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing 6-tur qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Paxtakor"ning tajribali futbolchisi Farrux Sayfiyevning fikrlari bilan qiziqdik.
- "Andijon" bilan uchrashuvdan oldin ko‘pchilik "Paxtakor"ning oson yutishini taxmin qilgandi...
- O‘yinni yaxshi boshladik. Tezkor gol urib olganimizdan so‘ng biroz bo‘shashish kuzatildi. Bu - futbol. Bunday holatlar bo‘lib turadi. Asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Shunga qaramasdan to‘xtab qolishimiz kerak emas. Turnir jadvalida "So‘g‘diyona" bilan ochkolarimiz orasida farq kichik. Qolgan o‘yinlarda bo‘shashishga haqqimiz yo‘q.
- Nima uchundir pastki o‘rinlardagi jamoalar qolganlarga nisbatan juda qattiq karshilik ko‘rsata olmoqda. "Andijon" ham so‘nggi daqiqagacha kurashdi...
- Nafaqat "Andijon", balki barcha jamoalar bizga qarshi bor kuchi bilan o‘ynamoqda.
- Oldinlari Jaloliddin Masharipov bilan juda yaxshi kelishib o‘ynar edingiz. Biroq hozirda oldingi chiziq vakillari bilan biroz tushunmovchilik kuzatilayotgandek...
- Jalol bilan 3 yil birga to‘p tepdik. To‘pni qabul qilib olganimizda qayerga ochilishni, qaysi joyga to‘pni oshirishni muammosiz bilar edik. Hozirda esa uning yo‘qligi sezilmoqda.
- Shu narsa terma jamoamizda ham yetishmadi. Vadim Abramovning sizni olib ketmagani hali ham e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda...
- Turkmaniston bilan o‘yindan so‘ng Vadim Karlenovich qolishimni aytgandi. Kimni olib ketish yoki qoldirishni bosh murabbiy hal qiladi. Shunga qarab u natijaga javob beradi.
- Shota Arveladzening O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiy bo‘lishiga qanday qaraysiz?
- Shota Yustinovich har tomonlama yaxshi inson va murabbiy. Hurmatga loyiq inson, deb bilaman. Futbolimizga shunday murabbiylar kerak.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi