06:49 / 28.06.2021
2 622

Yevro-2020. Belgiya yulduzli Portugaliyani yengdi va chorak finalda o‘ynaydigan bo‘ldi


Yevropa chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Belgiya Portugaliyadan 1:0 hisobida ustun keldi.

Birinchi bo‘lim yakunida Torgan Azarning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan aniq zarbasi darvoza to‘ridan joy egalladi. 
Shu tariqa, Roberto Martines boshchiligidagi "qizil iblislar" chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Endi ular yarim final yo‘llanmasi uchun Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Belgiya – Portugaliya 1:0
Gol:
1:0 – 42 Azar.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Mene, Azar, Tilemans, Azar (Karrasko, 87), Vitsel, de Bryuyne (Mertens, 48), Lukaku.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Diogu Dalot, Ruben Diash, Gerreyru, Palinya (Danilu Pereyra, 78), Moutinyu (Joau Feliks, 56), Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 56), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 78), Diogu Jota (Andre Silva, 70), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Palinya (45), Diogu Dalot (51), Vermalen (72), Pepe (77), Alderveyreld (81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020. Belgiya yulduzli Portugaliyani yengdi va chorak finalda o‘ynaydigan bo‘ldi