09:46 / 28.06.2021
1 682

Frank de Bur: "Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi"


Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur Yevro-2020 1/8 finalida Chexiya bilan o‘yin yakunlangach (0:2), o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chexiya qiyin raqib, ammo o‘yindan oldin biz kuchliroq edik deb o‘ylayman. Biz ustunlik qilayotgandik. Birinchi bo‘limda Denzel Dumfris, Patrik van Anxoltlarda imkoniyat bo‘ldi. Ammo bu holatlarning barchasini yakunlay olishmadi.

Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi. De Ligt chetlatildi va biz o‘n kishi bo‘lib qoldik. Va bunday raqibga qarshi o‘yinda yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa o‘tkazib yuborilgan gol bo‘ldi. Shundan so‘ng, raqib shunchaki o‘zi xohlagan tarzda o‘ynashni boshladi. Men 3-3-3 sxemasiga o‘tmoqchi bo‘lganimda, chexlar ikkinchi golni urishdi", — dedi de Bur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Frank de Bur: "Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi"