21:00 / 28.06.2021
2 198

Eron futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi


Eron milliy jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi markazlashgan o‘yinlarini yuqori notada o‘tkazdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Dragan Skochichning shartnomasi ikkinchi raund oxirigacha edi. Eron terma jamoasi Bahraynda o‘tkazilgan saralash o‘yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab keyingi bosqichga yo‘l oldi. Forslar ketma-ket uchrashuvlarda Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqni mag‘lub etishdi.

Bugun Eron futbol federatsiyasi ushbu mutaxassis bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasmiy ma’lumot berdi. Federatsiya rahbari Shahobiddin Azizi Xadem xorvatiyalik murabbiy bilan muzokaralar ijobiy yakun topganidan mamnun ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Dragan Skochich 2020 yilning fevral oyidan beri Eron terma jamoasiga ustozlik qilib kelyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi