00:30 / 01.07.2021
4 712

O‘FA Aziz Haydarov bo‘yicha qaror qabul qildi


Bir necha kun avval O‘FA terma jamoalar bo‘limi rahbari Aziz Haydarov ishdan bo‘shash uchun ariza yozgandi. Ayni paytda uning masalasi hal bo‘lgan. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Haydarov o‘z arizaga binoan O‘FAdagi lavozimini tark etdi.

Aziz Haydarov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shu yilning yozida O‘FA terma jamoalar bo‘limida rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.

Bir necha kun avval esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin O‘FAning navbatdan tashqari kongressida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov bosh murabbiy Vadim Abramov iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi. Jamoa sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.

Qolaversa, kongressda O‘FA rahbari Aziz Haydarovni tanqid qilgandi. Unga terma jamoamizga kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish kerakligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA Aziz Haydarov bo‘yicha qaror qabul qildi