19:11 / 01.07.2021
5 772

JCH-2022 saralashi. Osiyo qitasi. Uchinchi bosqichga qura tashlandi


OFK shtab-kvartirasida JCH saralash uchinchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Afsuski, bu safargi marosimni biz shunchaki tomoshabin sifatida kuzatamiz. CHunki milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichiga o'ta olmadi

Guruhda Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, bu biz uchun etarli bo'lmadi. SHu bois qurani ham, keyingi bosqich o'yinlarini ham muxlis sifatida kuzatamiz. 

"A" guruhi: Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.
"B" guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam. 


Format qanday bo'ladi? 
Garchi uchinchi bosqich formati qanday o'tishini ko'pchilik bilsa-da, shunga qaramay eslatib o'tmoqchimiz. JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundida jami 12 jamoa ishtirok etadi.

Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'linadi. Qatar terma jamoasi mundial mezboni sabab uchinchi raundda ishtirok etmaydi. Uchinchi bosqichda o'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkaziladi.

Har ikki guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga yo'l olishadi. Uchinchi o'rinni egallaganlar esa o'zaro o'yinda ishtirok etib, bunda g'olib jamoa qitalararo pley-off bahslari musobaqasiga yo'l oladi.

O'yinlar qachon boshlanadi? 
JCH saralash uchinchi bosqich uchrashuvlariga shu yilning 2 sentyabrida start berilib, kelasi yilning 29 mart kuni oxirgi tur uchrashuvi o'tkaziladi. 
1-tur. 2 sentyabr
2-tur. 7 sentyabr
3-tur. 7 oktyabr
4-tur. 12 oktyabr
5-tur. 11 noyabr
6-tur. 16 noyabr
7-tur. 27 yanvar
8-tur. 1 fevral
9-tur. 24 mart
10-tur. 29 mart

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022 saralashi. Osiyo qitasi. Uchinchi bosqichga qura tashlandi