09:19 / 04.07.2021
2 271

Azim Ahmedov: Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin


"Navbahor" Superliganing 12-turida o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdan so‘ng "lochinlar" yarim himoyachisi Azim Ahmedov "Instagram"dagi sahifasi orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi va jamoa bilan xayrlashganligi haqida yozib qoldirdi.

"Muxlislardan bugungi o‘yin uchun uzr so‘rayman. Bizni kechirasizlar, aziz muxlislar, mening mehnatlarimdan rozi bo‘linglar. Menga muxlislik qildinglar, qo‘llab-quvvatladinglar katta rahmat. Men sardorlikni ham topshirdim. Bizning mehnatlardan rozi bo‘lishmadi, mayli. Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin", - dedi Ahmedov.

Bir necha daqiqa o‘tgach, futbolchi ushbu postni o‘chirib yubordi. Hozircha uning namanganliklar safini rasman tark etganligi haqida xabarlar yo‘q.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azim Ahmedov: Sog‘ bo‘linglar, "Navbahor" chempion bo‘lsin