17:39 / 07.07.2021
1 738

Daniya ustozi: "Angliyaning kuchsiz nuqtalari yo‘q, lekin biz ularni yengishga harakat qilamiz"


Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmand Yevro-2020 yarim finali doirasida "Uembli"dagi Angliyaga qarshi to‘qnashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Biz shunchaki tashabbusni raqibga berib qo‘ymoqchi va o‘z uslubimizdan voz kechmoqchi emasmiz. Qo‘ldan kelgancha faolroq harakat qilishga va qiziqarli futbol namoyish qilishga urinamiz.

Shu o‘rinda, inglizlar ham shu ishni bajarishga urinishini tushunib turibmiz. Raqib ham o‘yinga bor diqqat-e’tiborini jamlagan holda yetib keladi. Shunday ekan bu ustunlik uchun, raqibdan bir qadam oldinda bo‘lish uchun kurashga aylanadi.

Angliyaning kuchsiz nuqtalari yo‘qdek. Barchasini kichik detallar hal qiladi, biz o‘z ustunliklarimizdan foydalanishimiz zarur. Ular yetti uchrashuvda birorta ham gol o‘tkazib yubormadi va bu jamoaning nechog‘lik kuchli ekanligi isboti. Barcha rejalarni ochib tashlamagan holda, biz Angliyani mag‘lub etish imkonini topamiz degan umiddiaman", – deydi Yulmand.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Daniya ustozi: "Angliyaning kuchsiz nuqtalari yo‘q, lekin biz ularni yengishga harakat qilamiz"