18:56 / 07.07.2021
4 030

"Nasaf" OFK kubogida qaysi bosqichgacha yetib borishi mumkinligi borasida - Diyor Imomxo‘jayev


PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida "Nasaf"ning OFK kubogidagi ishtiroki va qarshiliklar yarim finalga qadar yetib borishiga ishonishi haqida yozdi.

- 29 iyun kungi postda "Nasaf" bilan bog‘liq holatni tushuntirgandim. Hayriyatki, Turkmanistonning "Ahal" klubi Qarshiga keladigan bo‘ldi. Bu ajoyib yangilik, bu bizning muxlislar uchun yaxshi sovg‘a. Qarshidagi sharoit butun Turkmanistonda ham yo‘q, har ikki jamoa mazza qilib futbol o‘ynaydi.

"Nasaf" Dushanbeda o‘tgan guruh bosqichida turkmanlarning eng yaxshi klubiga imkoniyat qoldirmay, "Oltin asr" darvozasiga javobsiz 2 ta gol urgandi. "Ahal" esa "Oltin asr"dan kuchsizroq, juda katta ustunlik biz tarafda.

25 avgust kuni Qarshidagi stadionga muxlislar kiritiladimi yoki yo‘q — shunisi aniq emas. Bizda karantin choralari kuchaytirilyapti, avgust oyidan boshlab Superliga va Pro liga uchrashuvlarida muxlislar bo‘lish yoki bo‘lmasligi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, OFK Toshkentdagi Chempionlar ligasi uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilganini ko‘ryapsiz. Biz 25 avgustga qadar vaziyat yaxshilanishidan umidvor bo‘lamiz.

"Nasaf"ning navbatdagi o‘yinlari:
9 iyul

Nasaf — Mash’al
30 iyul
Lokomotiv — Nasaf
6 avgust
Paxtakor — Nasaf
15 avgust
AGMK — Nasaf
19 avgust
Nasaf — Metallurg
25 avgust
Nasaf — Ahal
29 avgust
Nasaf — Navbahor
Avgust oyi "Nasaf" uchun qanchalik qiziq va naqadar mas’uliyatli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" OFK kubogida qaysi bosqichgacha yetib borishi mumkinligi borasida - Diyor Imomxo‘jayev