10:00 / 08.07.2021
16 875

"Turon" Shkvirindan avval qaysi murabbiy bilan bog‘langanini bilasizmi?


Xabaringiz bor, “Turon” klubiga yaqinda Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Ungacha klub rahbariyati bir qator murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqqan.

Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Osiyo Chempionlar ligasida shov-shuv ko‘targancha “Al-Hilol”dek musobaqa favoritini tor-mor keltirib, guruhdan chiqqan “Istiqlol” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan muzokaralarga kirishilgan. Umuman olganda, unga bir qator klublarimiz qiziqish bildirishgan.

- Ha, qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Superliganing ikkita klubidan menga takliflar kelib tushgandi. Ammo bugungi kunga kelib o‘sha jamoalar musobaqa jadvalininng yuqori o‘rinlardan past ekanligi bois o‘sha takliflarni rad etishni ma’qul topdim. Klublarda endilikda boshqa murabbiylar ishlashga kirishgan. Ulardan biri “Turon”, - dedi Levchenko.

Shuningdek, “Istiqlol” ustozi o‘ziga “Navbahor”dan ham taklif tushgani borasida quyidagilarni aytdi:
"Aytishim joizki, qishda xizmatimga “Navbahor”dan yaxshi taklif bo‘ldi. Biroq shaxsiy masala bilan bog‘liq jihat tufayli o‘sha taklifni rad etishga majbur bo‘ldim. Hozir butun e’tiborim Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 finaliga qaratilgan. Biz muvaffaqiyatli yurishimizni davom ettirishni xohlaymiz".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Turon" Shkvirindan avval qaysi murabbiy bilan bog‘langanini bilasizmi?