13:42 / 09.07.2021
2 241

U23 Osiyo kubogi saralashiga qur’a tashlandi


Bugun "Bunyodkor" stadionida 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston U23 terma jamoasi garchi musobaqa mezboni sifatida final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsada, saralash uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, terma jamoamiz D guruhidan joy oldi va saralash o‘yinlarini Quvayt davlatida o‘tkazadi.
D guruhi
1. Saudiya Arabistoni
2. Bangladesh
3. Kuvayt
4. O‘zbekiston

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U23 terma jamoasi 2022 yilgi Osiyo kubogi final bosqichi mezboni sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ladi. Shu sababli yoshlar terma jamoamizning saralash uchrashuvlarida qayd etgan natijalari hisobga olinmaydi. Vakillarimiz qatnashadigan barcha bahslar o‘rtoqlik o‘yini maqomiga ega bo‘ladi.

Quyida qur’aning to‘liq natijasi bilan tanishib olishingiz mumkin:


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U23 Osiyo kubogi saralashiga qur’a tashlandi