22:31 / 09.07.2021
2 760

Superliga. “Mash’al”ni mag‘lub etgan “Nasaf” 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi


O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshidagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

17-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng muborakliklar jarima maydonida sarosima boshlandi va yuzaga kelgan pala-partishlikdan so‘ng G‘olib G‘aybullaye ajoyib tarzda foydalanib, hisobni ochdi. Bahs so‘nggiga qadar mazkur hisob o‘zgarishsiz qoldi va qarshiliklar viloyat derbisida muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 23 taga yetdi va jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga “So‘g‘diyona”ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hisobida 9 ochkosi bo‘lgan “Mash’al” esa jadvalning 11-pog‘onasini egallab turibdi.

NASAF – MASH’AL - 1:0
Gol:
G‘olib G‘aybullayev 16, - 1:0.
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov, 15.Jo‘rabek Mannonov (3.Ja’farjon Karimov, 83), 19.Husayin Norchayev, 20.Suhrob Nurulloyev (50.Shohmalik Komilov, 69), 22.Akmal Mozgovoy, 70.Abubakr Rizo Turdaliyev (14.Shokir Yo‘ldoshev, 69), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 6.Murodbek Rahmatov, 25.Muhriddin Zoirov, 28.Sardor Sadullayev, 55.Shahzod Akramov, 71.Jasur Jumayev.

"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 2.Zafarbek Akramov (77.Ibrohim No‘monov, 80), 7.Ifeani Ifeani, 8.Ibe Mishel Okoro (13.Shahzod Shaymanov, 70), 11.Samuel Ononivu Chigoze, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 20. Xudoyorxon Sagdullayev (10.Humoyun Murtozayev, 46), 27.Muhammadali Yuldashev (18.Abbos Shodmonov, 70), 33.Sirojiddin Allayev, 99.Jahongir Abdusalomov (22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 66).
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 6.Abdumalik Norqobilov, 88.Asadbek Jo‘raqulov, 97.Ruslan Xojiyev.
Ogohlantirish: G‘olib G‘aybullayev 79.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Mash’al”ni mag‘lub etgan “Nasaf” 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi