23:30 / 09.07.2021
4 915

"Evro-2020" finalida kim g‘olib bo‘ladi? Bu savolga Xabib Nurmagamedov javob berdi


UFC ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Italiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan “Evro-2020” finali oldidan o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.

“Oxirgi marta inglizlar 1966 yilda sovrin yutishgan. O‘shanda ular jahon chempioni bo‘lishgan. Shundan so‘ng ular hech narsa yutishmadi. Ularda Sterling, Keyn, Maunt, Fillips, Uoker, Pikford kabi ajoyib futbolchilarga ega yosh jamoa bor. Ular finalni o‘z uylarida o‘tkazishadi.

Mening nazarimda Italiyada imkoniyatlar yaxshiroq. Ularda juda tajribali jamoa bor: Bonuchchi, Kellini, Immobile. Ammo menimcha bu o‘yinda Angliya g‘alaba qozonsa kerak, chunki ularda tezlik bor. Umid qilamanki Angliya g‘alaba qozonadi. Menimcha, ular bunga munosib”, - dedi rossiyalik jangchi.

Italiya – Angliya uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Evro-2020" finalida kim g‘olib bo‘ladi? Bu savolga Xabib Nurmagamedov javob berdi