22:15 / 13.07.2021
4 999

Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!


Ayni paytda futbolga oid xabarlarning katta qismini turli transferlarga oid ma’lumotlar tashkil etayotgan tabiiy hol. Ayniqsa, kuchli beshlik chempionatlaridagi transferlar ko‘pchilikning e’tiborini torta oladi.

Transferlar haqidagi yangliklarning aksariyati oxir-oqibat amalda o‘z tasdig‘ini topmasligini ham tabiiy holat sifatida baholash mumkin. Lekin shunga qaramay, futbol jamoatchiligini transfer yangiliklaridan xabardor qilib turish lozim.

Barchamizga ma’lumki, xorij matbuoti, jumladan o‘zbek nashrlari ham Eldor Shomurodovga “Yuventus” va “Roma”dan qiziqish borligi haqida ko‘p yozmoqda. Italiya matbuotida Eldor Shomurodovning o‘zi bilan bog‘liq transfer xabarlariga munosabatini e’lon qildi.

Sports.uz sayti bu xabarlar o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini ham qiziqtirishini inobatga olib, ularni e’tiboringizga havola qiladi.

Xususan, Italiyaning www.itasportpress.it saytida quyidagicha maqola chiqdi.
“Roma”da Joze Mourino erasi boshlandi. O‘ziga xos murabbiy rimliklarga o‘z g‘oyalarini singdira boshladi. Yangi mavsumga tayyorgarlik, albatta, transfer bozoridan o‘tadi. O‘tgan mavsum “Jenoa”da porlagan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovga rimliklar qiziqayotgani haqida ma’lumotlar chiqdi.

O‘zbek hujumchisi bu borada shunday dedi:
"Men hech qachon o‘z oldimga biror chegara qo‘ymayman. Bu yil o‘nta gol ura olsam, shundan qoniqish hosil qilaman. Men har bir uchrashuvda yaxshi o‘ynashga va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

To‘g‘risi, “Roma” qiziqayotgani haqida bilmayman. “Yuventus”ning e’tibori yaxshi va bu men bundan xursandman. Kelajakda kareramni o‘sha yerda davom ettirishim yaxshi qadam bo‘lardi.

Anchadan beri men “Chelsi” muxlisi ekanimni aytib kelaman. Agentimning “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich bilan aloqasi yaxshi", - deb Shomurodovdan iqtibos keltirmoqda itasportpress.it sayti.

Xo‘sh, Shomurodovning “Yuventus”ga transferi amalga oshishi mumkinmi?
Italiyaning yana bir mashhur nashri www.calciomercato.com Turin va Genuya klublarining to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi borligi haqida ma’lumot berdi.
- Kuni kecha “Yuventus” va “Jenoa” mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferlarda “Yuventus” himoyachisi Janluka Frabotta masalasi muhokama qilindi. Unga “Atalanta ham qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, uchrashuvlarda “Jenoa” tarbiyalagan va “Yuventus” xarid qilgan Nikolo Rovellaning yana bir mavsum Genuya klubida qolishi, darvozabon Mattia Perinning “Yuventus”ga qaytishni istayotgani muhokama qilindi.

Bundan tashqari, “Yuventus” markaziy hujumchi qidirayotgani va turinliklarga agentlar “Jenoa”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovni olishni taklif etayotgani  borasida ham gap bordi, - deb yozmoqda calciomercato.com jurnalisti Nikola Balich.

Umuman olganda, xorijlik ekspertlar Eldor Shomurodovni tezda Italiya futboliga moslashib olgani, katta salohiyatga ega ekani, yana o‘sishi uchun imkoniyati kattaligini va o‘tgan mavsumda A Seriyada o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olganini alohida e’tirof etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!