19:53 / 14.07.2021
2 769

"Yuventus" 100 million yevroga ham bu futbolchini sotmaydi!


Londonning "Chelsi" klubi o‘z safiga "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kezani qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.

“Aristokratlar” 23 yoshli italiyalik futbolchini shu yoz sotib olmoqchi va buning uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyor. Ammo "Yuventus" Federikoni sotishni xohlamayapti.

Keza o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Keza yaqinda Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" 100 million yevroga ham bu futbolchini sotmaydi!