20:32 / 17.07.2021
7 602

FIFA futbol qoidalarini o‘zgartirmoqchi. Bu sizni hayron qoldirishi aniq


FIFA Future Football Cup U19 o‘rtoqlik turnirida beshta yangi qoidalarni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Futbol qoidalaridagi eng asosiy o‘zgarish bu o‘yin vaqti bilan bog‘liq. Yangi qoidaga ko‘ra, o‘yin har biri 30 daqiqadan bo‘lgan 2 ta taymdan iborat bo‘ladi. Ammo to‘p maydonni tark etgan va o‘yin to‘xtagan boshqa vaziyatlarda uchrashuv vaqti ham to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, jamoalar cheklanmagan miqdorda futbolchi almashtirishlari va futbolchilar autdan to‘pni maydonga oyoq bilan kiritishi mumkin bo‘ladi.

Sariq kartochka uchun esa 5 daqiqalik maydondan chetlatish jazosi qo‘llaniladi.

Turnirdan so‘ng FIFA ushbu o‘zgarishlarning ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini va ularni professional darajada amalga oshirish mumkinligini baholaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA futbol qoidalarini o‘zgartirmoqchi. Bu sizni hayron qoldirishi aniq