22:44 / 17.07.2021
3 789

Eldor Shomurodov gollar hisobini ochdi!


“Jenoa” yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Avstriyaning  Noyshtift-im-Shtubaytal shahrida davom ettirmoqda. Davide Ballardini shogirdlari ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidagi ilk sinov-nazorat uchrashuvini “Shtubay” futbol klubiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv genuyaliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisobni “Jenoa”ning asosiy hujumchiga aylanib borayotgan Eldor Shomurodov kiritdi. Bir marta Favilli to‘p kiritgan bo‘lsa, Bianki xet-trikka erishdi.

Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha davom etadi. “Jenoa” ikkinchi bahsni 21 iyul kun o‘tkazadi. Shu kuni Shomurodov jamoasi Avstriya chempionati vakili “Vakker Insbruk” futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

Ta’kidlash joizki, bu ikki bahs sinov-nazorat uchrashuvi maqomida bo‘ladi. Keyingi ikki bellashuv esa xalqaro o‘rtoqlik bellashuvi sifatida ancha jiddiy tus oladi. Raqiblar ham shunga yarasha kuchli.

“Jenoa” Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlashi bilan Fransiyaga yo‘l oladi va Orlean shahridagi “Stade Omnisport de la Source” stadionida PSJ bilan kuch sinashadi. Bundan tashqari, “Jenoa” iyul oyining oxirgi kunida Bundesliga vakili “Mayns-05” jamoasi bilan kuch sinashishi kelishib olingan.

Yangi mavsumda “Jenoa” futbolchilarini qiyin start kutib turibdi. Genuyaliklar birinchi tur uchrashuvini amaldagi chempion – “Inter” maydonida o‘tkazadi. Bu bahs 22 avgustga belgilangan. Eldor Shomurodov 29 avgustga belgilangan ikkinchi turda o‘z uyida o‘ynaydi va sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlik qiladigan “Napoli”ni qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov gollar hisobini ochdi!