Foto: Getty Images
Tokio—2020 Olimpiadasining ochilish marosimi 23 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Olimpiada uchun 2019 yilda qurib bitkazilgan Tokiodagi «Milliy» stadionda o‘tkaziladi. Ochilish marosimi tomoshabinlarsiz stadionda bo‘lib o‘tadi va unda 950 nafarga yaqin rasmiylar qatnashadi. 15 mamlakat rahbarlari va xalqaro tashkilot prezidentlari marosimga tashrif buyurgan.
Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Ochilish marosimini «Sport» telekanali jonli efirda namoyish qiladi.
Bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ladi.
Avvalroq MOQ Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi. Biroq ochilish marosimiga bir kun qolganda bayroqdorlar o‘zgargan.
Delegatsiyalar paradida ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilinadi va niqob taqish majburiy bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlari 8 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 71 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan. O‘zbekistonlik sportchilar 24 iyuldan o‘z ishtirokini boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?