4 755
O‘zbekistonlik ikki tennischi diskvalifikatsiya qilindi. Ulardan biri umrbod chetlashtirildi
O‘zbekistonlik ikki tennischi - Temur Ismoilov va Amal Sultonbekovlar kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Tennisda halollikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro agentlik (ITIA) xabar bermoqda.
Diskvalifikatsiya muddati 21 iyuldan kuchga kirdi. Qayd etilishicha, gap 2019 yilgi turnirlardan birida ro‘y bergan kelishilgan o‘yin haqida ketmoqda.
Temur Ismoilov tennis bo‘yicha musobaqalardan umrbod chetlashtirildi va 14 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi, Sultonbekov esa 2021 yil 21 iyuldan 2026 yil 21 iyulgacha chetlashtirildi va 8 ming dollar miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Ushbu sportchilarning har qanday tennis musobaqalarida qatnashishi yoki ularga tashrif buyurishi taqiqlanadi.
Ma’lumot uchun, Temur Ismoilovning ATP reytingi eng yuqori ko‘rsatkichi 397-o‘rin bo‘lgan, Sultonbekovda esa - 1886-pog‘ona. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi