20:35 / 25.07.2021
2 720

Ulug‘bek Rashidov - Olimpiada chempioni!


O‘zbekistonlik taekvondochi ilk marta Olimpiadada oltin medalga ega chiqdi. 19 yoshli Ulug‘bek Rashidov finalda buyuk britaniyalik raqibini mag‘lub etdi.

-68 kg vazn toifasida Olimpiadaga kelgan o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashidov finalda oltin uchun kechgan bahsda Buyuk Britaniya vakili Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.

Ulug‘bek Rashidov dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi (13:8). Ikkinchi raundda teng kurash kuzatildi (5:6). Uchinchi raund esa o‘ta hayajonli kechdi va ustunlik britaniyalik sportchi tomoniga o‘tib ketdi, ammo so‘nggi soniyalardagi harakatlari evaziga ustunlikni o‘ziga qaytargan O‘zbekiston vakili 34:29 hisobida g‘alabaga erishib, oltin medalni o‘ziniki qildi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio Olimpiadasidagi ilk medali bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov dastlabki bosqichda malilik Seydu Mofanani 38:17 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi. Chorak final yo‘llanmasi uchun jangda esa 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori, shu vazn toifasining birinchi raqamli vakili bo‘lib turgan janubiy koreyalik Li De Hunni qo‘shimcha vaqtlardagi oltin ochkolar orqali mag‘lub etib (21:19), uni turnirdan chiqarib yubordi. Chorak finalda esa eronlik Mirhoshim Hussayni ustidan g‘alaba qozondi (34:22). Final yo‘llanmasi uchun jangda Bosniya va Gersegovina vakili Nejad Hushich osonlik bilan taslim etildi (28:5).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Rashidov - Olimpiada chempioni!