23:00 / 25.07.2021
2 740

Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetovning navbatdagi bosqichdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi


Bugun boks musobaqalari doirasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetovning navbatdagi bosqichdagi raqiblari ham ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Unga ko‘ra, Abduraimov 31 iyul kuni 1/8 final doirasida 2019 yilgi Osiyo chempioni Tojikiston vakili Bahodur Usmonov bilan kuch sinashadi.

Ro‘zmetovning 28 iyul kungi raqibi esa amaldagi Yevropa o‘yinlari chempioni, Yevropa mintaqaviy kvalifikatsion turniri g‘olibi asli kubalik bo‘lgan, Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Alfonso Dominges bo‘ladi. Ro‘zmetov ushbu raqib bilan 2019 yil Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida to‘qnash kelib g‘alabaga erishgan edi. Dominges bu safar revansh olishga harakat qilib ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetovning navbatdagi bosqichdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi