13:00 / 27.07.2021
3 569

"Paxtakor" Matichni olib kelmoqchi


Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Paxtakor"ga "Partizan"da harakat qilayotgan hujumchi Boyan Matich kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Dastlabki davrada Eren Derdiyok "Paxtakor"ni tark etdi va klub ayni damda hujumchiga extiyoj sezmoqda. Shu boisdan "Paxtakor"dagilar legioner forvard izlash bilan band bo‘lib turibdi.

Boyan Matich - 1991 yili tug‘ilgan. Dekabrda 30 yoshga to‘ladigan futbolchi o‘tgan mavsumning birinchi qismini Serbiyaning "Partizan" jamoasida, ikkinchi qismini esa ijara asosida Afinaning "Atromitos" tarkibida harakat qilgan va umumiy hisobda 25 bahsda 2 golga assistentlik qilgan.

Futbolchi faoliyati davomida 155 bahsda qatnashib, 46 gol va 9 assist qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Matichni olib kelmoqchi