21:00 / 27.07.2021
2 567

O‘zbekiston futzalchilari so‘nggi daqiqada mag‘lub bo‘ldi


Tailandda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston futzal terma jamoasi maydon egalariga qarshi uchrashuvda so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruh g‘olibligini boy berdi.

Tailand – O‘zbekiston – 4:3
Gol:
Suphavut Tueanklang (11), (26), Jetsada Chudech (36), Vorasak Srirangpirot (40) – Jetsada Chudech (4, avtogol), Husniddin Nishonov (19), Davron Choriyev (28).

Durang natija ham vakillarimizga birinchi o‘rinni kafolatlar edi. Ammo mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston futzal terma jamoasi xalqaro turnirda A guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Endi futzalchilarimiz 29 iyul kungi yarimfinal uchrashuvida B guruhi g‘olibi Eron vakillariga qarshi bahs olib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futzalchilari so‘nggi daqiqada mag‘lub bo‘ldi