00:35 / 30.07.2021
2 778

Eldor Shomurodovning transferi bugun e’lon qilinadi


Bilasiz, “Jenoa” tarkibida Italiya A seriyasidagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov keyingi faoliyatini “Roma”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri hisoblangan «La Gazzetta dello Sport» jurnalisti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Roma” jamoasi Shomurodovning transferini bugun rasman e’lon qiladi.

Avval xabar berganimizdek, Eldor Shomurodov shaxsiy shartnoma bo‘yicha Rim klubi vakillari bilan kelishuvga erishgan. Manbalariga ko‘ra, “Roma” mutasaddilari hamyurtimizga bir mavsum uchun 2 million yevro miqdorida maosh to‘laydi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili “Jenoa” Shomurodovning xizmatlari uchun 1,3 million yevro to‘lagani aytilgandi. Ortda qolgan mavsumda u 32 o‘yinda 8 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Jenoa” 2020 yili “Rostov”dan 7,5 million yevroga transfer qilgan futbolchisini keyinchalik sotib olish huquqi bilan “Roma”ga ijaraga bermoqda. Rimliklar bir mavsum ijara uchun 2,5 million yevro to‘laydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovning transferi bugun e’lon qilinadi